Transfers & Services Team Lead, Uzum Bank
Uzum’dagi ilk kuningiz haqida so‘zlab bering
Men ishlab chiqish guruhiga Junior backend-dasturchi lavozimiga keldim va u yerda men yagona qiz edim. Hozir, oradan ikki yil o‘tib, bizda Uzum IT jamoasida ko‘plab qizlar ishlamoqda.
Men kelganimda, backend-dasturchilarni o‘qitish bosqichlaridan biri — bir kunni operatorlardan biri bilan aloqa markazida o‘tkazish edi. Shunday qilib, biz ilovaning ishlashini o‘rganib chiqdik, foydalanuvchilar qanday savollar bilan murojaat qilishlarini va so‘rovlarni qayta ishlash jarayoni qanday bo‘lishini bilib oldik. Bu ajoyib tajriba bo‘lib, ishlab chiqish jarayoniga tezda sho‘ng‘ishga yordam berdi, chunki jamoamizning maqsadi foydalanuvchilarning muammo va savollarini tezda hal qilish uchun vositalarni yaratish, ilovamizdan foydalanishni xavfsiz, oson va qulay qilishdir.
Keyin biz funksionalni batafsilroq o‘rgana boshladik, bunda menga biriktirilgan ustozlar yordam berishdi, men ulardan juda minnatdorman.
IT sohasidagi qizlarni yetarlicha baholamasligi mumkin degan stereotip bor, lekin men Uzumdagi faoliyatim davomida bunga duch kelmaganman. Uzumda menga darhol professional sifatida munosabatda bo‘lishdi va men o‘zimni jamoaning bir qismi sifatida his qildim.
Hozir o‘zinizga birinchi kuningizda nimani boshqacha qilishni maslahat bergan bo‘lardingiz?
Hozir men o‘zimga uyalmasdan, darhol butun jamoa bilan muloqot o‘rnatishga intilishni maslahat berardim! Birga qahva ichish, birgalikda tushlikka chiqish, dam olish va sayr qilish. Birinchi kunlarda men ko‘proq o‘zim bilan bir kunda ishga kirgan hamkasbim bilan gaplashdim va biroz introvert edim (kuladi).
Uzum’ga yangi kelganlarga nima maslahat bergan bo‘lardingiz?
Savol berishdan qo‘rqmaslik kerak — har doim javob beradigan, yordam beradigan va yo‘naltiradiganlar topiladi. Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida jamoadagi ko‘proq odamlar bilan tanishish, barcha jarayonlarga kirishish va o‘zingizni turli yo‘nalishlarda sinab ko‘rish. Shuningdek, tashabbus ko‘rsatish — yangi kelganlar uchun onboarding jarayonini qanday yaxshilash bo‘yicha takliflar bilan chiqish. Bu muhim, chunki vaqt o‘tishi bilan jarayonlar o‘zgarishi va joriy yondashuv dolzarb bo‘lmasligi mumkin.
Client Analyst, Uzum Tezkor
Uzum’dagi ilk kuningiz haqida so‘zlab bering
Men Uzum data-tahlil jamoasiga bir yil oldin qo‘shilganman. Jamoa o‘sha paytda juda kichik, atigi 5 kishi edi, ammo ular Uzum fudtexining barcha ma’lumotlar infratuzilmasini qurdilar. Bu menga juda ta’sir ko‘rsatdi. Start bosqichida men uchun yana bir muhim jihat — bu Uzum Tezkor jamoasining madaniyati va ruhi edi — hamkasblarim o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘yishdi va bu meni ilhomlantirdi.
Hozir men onboarding jarayonini o‘zim uchun to‘g‘ri tashkil qilmaganman deb o‘ylayman — men savol berishga uyalardim, tajribali hamkasblarim oldida omadsiz ko‘rinaman deb o‘ylardim. Bu, albatta, noto‘g‘ri qaror edi, hamma yordam berishga tayyor edi.
Hozir o‘zinizga birinchi kuningizda nimani boshqacha qilishni maslahat bergan bo‘lardingiz?
Albatta, savol berishni! (kuladi)
Boshida men biznes uchun aniq vazifalarning ahamiyatini unchalik tushunmasdim, shunchaki bu vazifalarni bajarardim. Hozir men agar butun biznesning "kapoti ostida" nima borligini tushunsangiz, loyiha ustida ishlash ancha samarali bo‘lishini tushunib yetdim.
Uzum’ga yangi kelganlarga nima maslahat bergan bo‘lardingiz?
Va yana bir bor — savol berishdan tortinmang! Kollektivga darhol qo‘shilish juda muhim. Bu yerda eng yaxshi usul — tushlikka taklif qilish yoki qahva ichish. Jarayonlarga nafaqat o‘z vazifalariga ko‘ra e’tibor berish, balki parallel jarayonlarga chuqurroq kirib borishga, biznes qanday ishlashini o‘rganishga harakat qilish. Umuman olganda, nafaqat o‘z jamoasi ichida, balki qo‘shni jamoalar bilan ham aloqa o‘rnatish. Yana bir muhim narsa — fikr-mulohaza so‘rash, bu jarayonlarni yaxshilashga yordam beradi va ularni shaffof qiladi.
Senior Android Engineer, Uzum Market
© «Любое использование либо копирование материалов или подборки материалов сайта, элементов дизайна и оформления допускается лишь с разрешения правообладателя и только со ссылкой на источник: www.repost.uz»
Uzum’dagi ilk kuningiz haqida so‘zlab bering
O‘tgan yilning fevralida Uzum’ga ishga kirdim. Uzum’ga qadar ofisda ishlamaganman, doim "masofadan" bo‘lganman. Uzum ofisi menga juda yoqdi — bunday ofislarni men ilgari faqat Yevropa IT-kompaniyalarida ko‘rganman. Kiraverishda Uzum’ning katta logotipini juda yaxshi esimda qoldi — unga imzo chekish, hamkasblarga tilak qoldirish mumkin edi.
Meni jamoa juda iliq kutib oldi, menga darhol professional sifatida jiddiy munosabatda bo‘lishdi. Menga darhol baglarni qidirish va "davolash" va unit-testlar qilish imkonini berishdi — bu juda to‘g‘ri ishga sho‘ng‘ish deb o‘ylayman. Bunday yondashuv loyihaga kirishni osonlashtiradi. Onboarding va birinchi xatolarni qidirib topgandan so‘ng, bizga yangi kelganlarga loyihani batafsil o‘rganish va u bo‘yicha ma’ruza-taqdimot tayyorlash uchun 2 hafta vaqt berildi — sizga loyihada nima yoqqanini va nima yoqmasligini, bizning fikrimizcha, nimani yaxshilash va qo‘shish mumkinligini aytib berishingiz kerak edi. Bu menga loyihani biroz "yuqoridan" ko‘rib chiqishga va jamoaga — boshqacha ko‘z bilan qarash imkoniyatini berdi.
Ushbu yondashuv ilovaninng funktsional imkoniyatlarini kengaytirishga va uning ishlashini yanada barqaror qilishga yordam beradi. Men Uzum IT akademiyasida kuratorlik vakansiyasini ko‘rdim va bu sohada tajribam bor edi, bundan tashqari, men odamlar bilan muloqot qilishni, yordam berishni juda yaxshi ko‘raman. Bu go‘yo taqdir, mukammal tasodifga o‘xshardi. Men Moskvaga qaytib, magistrlik darajasini olish haqida o‘ylardim, lekin Uzum'ga ishga kirgandan so‘ng, bu yerda qolishni va kompaniya qilayotgan ishlarga aloqador bo‘lishni xohlayman, degan qarorga keldim.
Hozir o‘zinizga birinchi kuningizda nimani boshqacha qilishni maslahat bergan bo‘lardingiz?
Menga onboarding juda yoqdi — HR-hamkor va jamoa mening ushga chiqishimni maksimal darajada qulay qildi.
Uzum’ga yangi kelganlarga nima maslahat bergan bo‘lardingiz?
Hanuzgacha baglarni izlash va tuzatish — bu ishlab chiquvchilar uchun ish jarayoniga qo‘shilishning eng samarali usuli deb hisoblayman. Loyihalarni faqat o‘z vazifasi bilan shug‘ullanish emas, balki "360" formatida o‘rganish muhimdir. Albatta, jamoa bilan faqat ish jarayonidagina emas, balki undan tashqarida ham tanishishni unutmaslik kerak.
Uzum ekotizimining xodimlari kasbga, ish joyiga qanday kelganliklari va ofisdan tashqaridagi hayoti haqida.
Uzum haqida bugungi kunda, ehtimol, har bir O‘zbekistonlik bilsa kerak. Biz milliy ekotizimni qurayotgan va har kuni Uzum'ga ishga keladiganlar haqida bilib olishga qaror qildik.
"Jamoa a’zosiga aylanishning
eng yaxshi usuli — savollar